"Yuborish" tugmasini bosish orqali siz o'z ma'lumtlaringiz bilan bo'lishishga rozilik bildirasiz
Iltimos, barcha ma'lumotlarni rost kiriting, bu ham sizning, ham bizning vaqtimizni tejashda yordam beradi
FAQAT "РОП" POZITSIYASIDA TAJRIBASI BOR TAYYOR MUTAXASSISLAR KERAK! Iltimos, agar sizda bunday tajriba bo'lmasa ariza qoldirmang.
MAQSAD Education onlayn maktabiga sotuv bo'limi rahbari kerak!
Biz ko'p pul ishlashga tayyor bo'lgan faol va mas'uliyatli odamlarni qidirmoqdamiz!
Maktab haqida: MAQSAD Education - bu qisqa vaqt ichida SMM mutaxassisi, Targetolog, Mobilograf va kodsiz sayt yaratuvchi menejeri kabi kasblarni o’rgatadigan aktual kasblar onlayn maktabi. Bugungi kunga qadar 3500 dan ortiq o'quvchi bizning kurslarimizni tamomlagan va ularning 78 foizi kursni tugatgandan so'ng ish bilan ta'minlangan / loyihalarga ega. Biz, boshqa onlayn maktablardan farqli o'laroq, tajribaga asoslangan qat'iy bilimlarni beramiz. Bizning har bir spikerlarimiz agentlik egasi yoki kamida 3 yillik tajribaga ega bo'lgan amaldagi mutaxassisdir. Biz o'quvchilarga sotish uchun natijalarni va'da qilmaymiz, lekin natija ko’rishlari uchun barcha harakatlarni amalga oshiramiz.
Sizning vazifalaringiz qanday:
Sotuv bo'limini boshqarish;
KPI asosida sotuvni tizimli olib borish;
Jamoani kengaytirish va har bir sotuv menejerini shaxsiy KPI'ni nazorat qilish;
Qo'ng'iroqlar orqali onlayn kurslarini sotish;
AmoCRM bilan ishlash tajribasi;
Bajarilgan ishlar bo'yicha kunlik xisobotlar topshirish;
Ma'suliyat olishdan qo'rqmaslik va jamoani tizmli boshqara olish;
Sotuvni oshiradigan yangi yo'llar o'ylab topish va yaratish jarayonida ishtirok etish.
Biz taklif qiladigan shartlar:
Ish vaqti 10:00 dan 19: 00 gacha, 6/1
Sinov muddati - bir oy (to'lanadi)
Fix oylik + sotuvdan foiz + bonus tizimi
O'ZBEK TILINI MUKAMMAL BILISH MUHIM! Javob bilan bir qatorda, nima uchun bizga mos kelishingizni qisqacha tasvirlab beradigan motivatsion xatini ko'rishdan xursand bo'lamiz.